"UzautoComponents" MChJ tashabbusiga ko'ra Andijon Mashinasozlik Institutida bitiruvchi talabalar uchun tizim korxonalaridagi bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi bo'lib o'tdi.
Unda 12 ta tizim korxonalar 100 ga yaqin bo'sh ish o'rinlari bilan qatnashishdi, bundan asosiy maqsad oliygoh talabalari orasidan eng iqtidorli, bilimli, tashabbuskor va eng muhimi erkin punktual fikrga ega talabalrni avtosanoat tizim korxonalarga jalb qilish va bo'sh ish o'rinlarni to'ldirish bo'ldi.