ISHLAB CHIQARISH CHIQINDILARINI QAYTA ISHLASH HISOBI VA SOTUVINI NAZORAT QILISH BO'LIMI

"Ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlashni, hisobini va sotishni nazorat qilish" bo'limi "UzautoComponents" MCHJ tarkibiga kiruvchi korxonalarda sanoat chiqindilarini qayta ishlash, hisobga olish va sotishni samarali nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan mustaqil tarkibiy bo'lim bo'lib, "UzautoComponents" MCHJ boshqaruvchi direktoriga bo'ysunadi.

Maqsadlar:
  • Korxonalarda sanoat chiqindilarini hisobini yo'lga qo'yish, birlamchi kirimdan tortib to sotuvgacha bo'lgan jarayonlarda xujjatlar aylanmasini yo'lga qo'yish;
  • Korxonalarda sanoat chiqindilarini qayta ishlash, saqlash va sotish uchun zarur bo'lgan moddiy texnik baza (omborlar, tarozu, kompyuter, mas'ul xodim va x.k) bilan ta'minlashga ko'maklashish;
  • Korxonalarda sanoat chiqindilarini sotish jarayonlarini markazlashtirish, korxonalarga ko'proq tadbirkorlarni jalb qilish, onlayn auktsion savdolarini tashkillashtirish xamda Sotuv jarayonlarida shaffoflikni ta'minlash;
  • Tizim korxonalarda sanoat chiqindilaridan ikkilamchi xom-ashyo sifatida foydalanish imkoniyatlarini o'rganish, korxonalarga tatbiq etish;
  • Sanoat chiqindilarin qayta ishlash imkoniyatlarini o'rganish xamda qayta ishlash jarayonlarini tashkillashtirish.
Vazifalar: Korxonalarda sanoat chiqindilarini hisobini yo'lga qo'yish soxasida vazifalar:

Korxonalarda sanoat chiqindilarni qabul qilish, saqlash va realizasiyasini amalga oshirish uchun mas'ul xodim tayinlash, kirim chiqim xujjatlarini yuritish, sanoat chiqindilarini normalarini yaratish, oylik material hisobotlarni yuritishni yo'lga qo'yish.

Kutilayotgan natija:

Korxonalarda sanoat chiqindilari to'g'risida ma'lumotlar aniq shaxsdan olinadi, chiqindilarning kunlik hisobi va qoldig'i to'g'risida ma'lumotlar shakllanadi, normalarga asosan kirim qilish orqali taxminiy hisoblar yo'qoladi, sanoat chiqindilarininsh oylik aylanmasini ko'rish imkoniyati yuzaga keladi.

Sotish soxasida vazifalar:
  • Sanoat chiqindilarin bozor narxlarini doimiy o'rganish va o'rnatish borish, Sotuv jarayonlarini markazlashtirish uchun xarid.uzautocomponents.uz saytini yurgizish va sotuvlarni ushbu sayt orqali amalga oshirish, tadbirkorlar bilan shartnomalar tuzish jarayonlarin optimallashtirish.
Kutilayotgan natija:
  • Sanoat chiqindilarini narxi doimiy o'zgarib turishi nazorat qilib borish natijasida korxonaga qo'shimcha daromad olib kelinadi, onlayn auktsion savdolari tufayli shaffoflik ta'minlanadi, to'g'ridan to'g'ri shartnomalar tuzish xolatlari tugatiladi, xaridorlar bilan shartnomalar o'z vaqtida tuzilishi yo'lga qo'yiladi, xaridorlar bilan tushunmovchiliklar oldi olinadi.
Qayta ishlash soxasida:

Korxonalarda sanoat chiqindilarini qayta ishlash imkoniyatlarini o'rganish va yo'lga qo'yish, sanoat chiqindilaridan ikkilamchi xom-ashyo sifatida foydalanishni yo'lga qo'yish.


Kutilayotgan natija

Sanoat chiqindilarin qayta ishlash natijasida, chiqindilarni bozor baxosidan ko'ra qimmatroq sotish imkoniyati vujudga keladi, sanoat chiqindilaridan ikkilamchi xom-ashyo sifatida foydalanish natijasida tizim korxonalarida pul mablag'lari tejab qolinishiga erishiladi.