XODIMLAR BILAN ISHLASH BOSHQARMASI

Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi "UzautoComponents" MChJning mustaqil tarkibiy bo'linmasi bo'lib, bevosita jamiyat bosh direktoriga bo'ysunadi. Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi quyidagi yo'nalishlarda faoliyat olib boradi: xodimlarni tanlash va yollash, xodimlarni baholash va rivojlantirish, kadrlar ishini yuritish va boshqa funktsiyalar.

Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi quyidagi tarkibiy bo'limlardan iborat:
  • Xodimlarni tanlash bo'limi o'z ichiga oluvchi "O'zavtosanoat" bandlik markazi;
  • Mehnat va me'yorlashtirish bo'limi;
  • O'quv markazini ichiga oluvchi xodimlar bilan ishlash bo'limi;
Xodimlar bilan ishlash boshqarmasining funktsiyalari
Xodimlarni tanlash bo'limi:
  • Xodimlarni jalb qilish va tanlash bo'yicha yagona mezon va texnologiyalarni aniqlash;
  • Xodimlarni baholash (attestasiyadan o'tkazish) va jamiyatda xodimlarga bo'lgan ehtiyojni aniqlash;
  • Xodimlarni tanlash va ishga qabul qilish;
  • Rahbarlik lavozimlariga nomzod ko'rsatish uchun xodimlar zahirasini shakllantirish, lavozimlarga moslashish tizimini rivojlantirish, etakchilik salohiyatiga ega yosh xodimlarni rivojlantirish;
Mehnat va me'yorlashtirish bo'limi:
  • Jamiyat tashkiliy tuzilmasi va Shtatlar jadvalini optimallashtirish, vazifalar va vakolatlarni taqsimlash;
  • Jamiyatning amaldagi tashkiliy tuzilmasini tahlil qilish;
  • nizomlar va lavozim yo'riqnomalarini tayyorlash va qayta tayyorlashga ko'maklashish;
  • tasdiqlangan shtat jadvaliga, shuningdek ularning ixtisosligi, kasb-hunar va malakasiga muvofiq xodimlarni oqilona joylashtirish;
  • tarkibiy bo'linmalar nizomlari va lavozim yo'riqnomalarini ishlab chiqish va boshqarish tartibini tayyorlash va joriy etish;
  • Jamiyat biznes rejasini ishlab chiqish uchun xodimlar sonini rejalashtirish;
Xodimlar bilan ishlash bo'limi:
  • Jamiyat xodimlarining attestasiya jarayonida qatnashish;
  • Mehnat intizomini buzish va profilaktika choralari va intizomiy jazo choralari samaradorligini tahlil qilish;
  • O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq jamiyatda xodimlarga oid hujjatlar almashinuvini ta'minlash;
  • O'z vakolatlari doirasida xodimlar bilan ishlash bo'yicha buyruqlar, farmoyishlar, ma'lumotnomalar va boshqa tahliliy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;
  • Mehnat intizomi holatini va jamiyat xodimlari tomonidan ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish;
  • Jamiyat rahbariyati uchun xodimlar bilan ishlash boshqarmasi faoliyati bo'yicha hisobotlar tayyorlash;
  • Jamiyat xodimlarini o'qitish tizimini shakllantirish va rivojlantirish;
  • "UzautoComponents" MCHJ tarkibiga kiruvchi korxonalarga o'qitish bo'yicha uslubiy yordam ko'rsatish;

Xodimlar bilan ishlash boshqarmasining vazifalari:

  • Mehnat qonunchiligi va ichki normativ hujjatlarga muvofiq xodimlar boshqaruvi sohasida jamiyat faoliyatini amalga oshirish.
  • Jamiyat tarkibiga kiruvchi korxonalardi tashkiliy tuzilmasi va Shtatlar jadvalini uning maqsadlari va rivojlantirish strategiyasidan kelib chiqqan holda optimallashtirish.
  • Jamiyat tarkibiga kiruvchi korxonalarda mehnatga haq to'lash va moddiy rag'batlantirish tizimlarini ishlab chiqish va mukammallashtirish.
  • Jamiyat tarkibiga kiruvchi korxonalar bo'limlarini ularning ehtiyojlariga asosan kerakli mutaxassislik va malakaga ega xodimlar bilan ta'minlash.
  • Xodimlarni baholash (attestasiyadan o'tkazish) tizimini shakllantirish va rivojlantirish.
  • Jamiyat tarkibiga kiruvchi korxonalar xodimlarini o'qitish tizimini shakllantirish va rivojlantirish, shuningdek, Oliy o'quv yurtlari va kollej talabalarining jamiyatdagi amaliyotini tashkil etish. Xodimlarning amaliyotlarini affillangan, shuningdek, chet ellardagi va Respublika bo'ylab tashkilotlarda tashkil etish.
  • Xodimlar malakasini rejalashtirish va boshqarish, rahbarlik lavozimlarining xodimlar zaxirasini shakllantirish.
  • Jamiyat tarkibiga kiruvchi korxonalarning korporativ madaniyatini takomillashtirish.
  • O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq jamiyat tarkibiga kiruvchi korxonalarda xodimlarga oid hujjatlar almashinuvini ta'minlash.