Korporativ va mulkiy munosabatlar bo'limi "UzautoComponents" MChJning tashkiliy tuzilmasi tarkibidagi bo'lim hisoblanadi. Bo'lim o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, jamiyatning tegishli boshqaruv organlari tomonidan qabul qilinadigan nizomlari, qarorlariga, bo'lim Nizomiga asosan faoliyat yuritadi. Bo'lim o'z faoliyatini jamiyatning boshqa tarkibiy bo'linmalari xamda tizim korxonalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Bo'limning asosiy vazifalari:
- jamiyatning ish faoliyati davomida korporativ boshqaruvning norma va qoidalarga rioya qilish;
- jamiyatga tegishli boshqa jamiyatlar ustav kapitalidagi ulushlar, (aktsiyalar)ni boshqarish bo'yicha ishlarni tashkil etish;
- ko'chmas mulk va qimmatli qog'ozlarni boshqarish;
- korporativ va mulkiy munosabatlarni takomillashtirish.
Bo'lim quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
jamiyatning ish faoliyati davomida korporativ norma va qoidalarga rioya qilish sohasida:- jamiyatning yagona ta'sischisi yig'ilishlarini va ushbu organning qarorlarini ro'yxatga olishni tashkil etadi;
- Jamiyat ustavlari va unga kiritilgan o'zgartirishlar, jamiyat boshqaruv organlari nizomlari, shuningdek jamiyatning korporativ boshqaruv bilan bog'liq boshqa hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
- jamiyat tarkibiga kiruvchi jamiyatlarning kuzatuv kengashlari va taftish komissiyasi a'zolariga nomzodlar bo'yicha takliflar kiritadi, shuningdek, jamiyat vakillari uchun ushbu jamiyatlarning oliy boshqaruv organlari yig'ilishlarida ishtirok etish uchun ishonchnomalar beradi;
- xodimlar bilan ishlash boshqarmasi bilan birgalikda jamiyat rahbariyatiga, tanlovlar o'tkazgan holda jamiyat ulushdorligidagi jamiyatlarning ijroiya organiga nomzodlar (maxalliy va/yoki xorijiiy menejerlar) kiritishi mumkin;
- jamiyat tarkibiga kiruvchi jamiyatlar faoliyati davomida jamiyatlar va uning ta'sischilari manfaatlarini himoya qiladi;
- jamiyat ustav kapitalidagi aktsiya paketlari, boshqa qimmatli qog'ozlarni xarakatlarini nazorat qiladi;
- jamiyat nomidan jamiyatlarga moliyaviy-xo'jalik faoliyati natijalari bo'yicha jamiyatga tegishli ulushlar (aktsiyalar) bo'yicha hisoblangan dividendlarni to'lab berish yuzasidan talablar tayyorlaydi;
- belgilangan tartibda jamiyat mansabdor shaxslari va uning tarkibiga kiruvchi jamiyatlar rahbarlaridan bo'limning funktsional majburiyatlari bilan bog'liq rasmiy hujjatlar, xulosalar va boshqa hujjatlarni so'rab oladi;
- jamiyatlarning ustav kapitalidagi ulushlarni (aktsiya paketlarini) sotib olish/begonalashtirish bo'yicha operasiyalarni amalga oshirilishini tashkillashtiradi.
- jamiyatning ko'chmas mulk va qimmatli qog'ozlari bilan operasiyalarni amalga oshiradi;
- jamiyatning ko'chmas mulk va qimmatli qog'ozlari harakati bilan bog'liq hujjatlarni tasdiqlaydi;
- ko'chmas mulkdan oqilona va samarali foydalanish bo'yicha kompaniya rahbariyatiga takliflar kiritadi;
- jamiyatga tegishli mol-mulklarni baholash va ekspertizadan o'tazish bo'yicha baholash tashkilotlarini jalb etish choralarini ko'radi;
- sohaga korporativ boshqaruv sohasidagi xalqaro eng yaxshi amaliyotlarni joriy etadi;
- ko'chmas mulk, qimmatli qog'ozlar va jamiyatlarning ulushlari(aktsiyalari) bilan bog'liq operasiyalarni amalga oshirish bo'yicha korporativ boshqaruv sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan taklif tayyorlaydi;
- tizim jamiyatlarida standartlashtirish va korporativ boshqaruvni unifikasiyalash ishlarini olib boradi;
- Tizim jamiyatlarida ijro etuvchi organlar rahbarlariga intizomiy jazo choralarini qo'llash va/yoki ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq bekor qilish yuzasidan jamiyat rahbariyatiga takliflar kiritadi.