SIFAT VA STANDARTLASHTIRISH

"Sifat va standartlashtirish" boshqarmasi "Uzavtosanoat" AK va "Uzautosomponents" MCHJ tarkibiga kiruvchi avtomobil butlovchi qismlarini sifatli ishlab chiqarish tizimlarini nazorat qilish bo'yicha mustaqil tarkibiy boshqarma bo'lib, ishlab chiqarish va texnologiyalarni rivojlantirish bo'yicha bosh direktor o'rinbosariga bo'ysunadi.

MAQSADLAR
  • BIQS integrasiyalashgan sifat tizimini tatbiq etish orqali yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni ta'minlash.
  • Avto butlovchilar ishlab chiqaruvchilarning mahsulot ishlab chiqarish sikli davomida, doimiy ravishda takomillashtirish va shu bilan yetkazib beruvchilarning mahsulot va jarayonlarini sifatiga bo'lgan talablarini bajarilishini ta'minlash.
  • Ishlab chiqarish jarayonida ichki va mijozlarda yuzaga kelgan muammolarni o'rganish va ularni bartaraf etish choralarini amalga oshirish orqali sifat ko'rsatkichlarini yaxshilash.
  • Mahsulotlarni eksport qilish uchun tashqi mijozlar talab qiladigan sifat tizimini joriy etish (BIQS dan tashqari).
  • Sifatni ta'minlash bo'yicha jamiyatning tarkibiga kiradigan korxonalar mutaxassislariga maslahat berish va o'qitish.

Standartlashtirish, metrologiya va test tizimini rivojlantirish bo'yicha USF faoliyati


Tashkilotlar boshqaruv tizimini rivojlantirish buyicha vazifalari:
  • ISO 9001, ISO 14001, ISO 45001, ISO 50001, IATF 16949, VDA, PSA milliy va xalqaro standartlari talablariga muvofiq korxonalarda treninglar o'tkazish va maslahat berish orqali boshqaruv tizimini takomillashtirish.
Kutilayotgan samara:
  • xatolarni oldini olish va avtomobil komponentlarini etkazib berish zanjiridagi o'zgarish va yo'qotishlarni kamaytirishga e'tibor qaratib, doimiy takomillashtirishni ta'minlash uchun boshqaruv tizimlari usullaridan samarali foydalanish.
  • moliyaviy resurslarni tejash maqsadida yiliga ~ 600 million so'mlik tashqi ta'lim va konsalting xizmatlarini sotib olishni oldini olish.
Jarayonlar va mahsulotlarni o'lchash vositalari sohasidagi vazifalar:
  • Korxonalarda o'lchov vositalarini boshqarishni optimallashtirish
Kutilayotgan samara:
  • Nosoz va ruxsat etilmagan o'lchash vositalaridan foydalanganligi uchun nazorat qiluvchi organlarning yozma kursatmalari va jarimalarini oldini olish.
  • Jarayonlar va mahsulotlar parametrlarini monitoring qilishning ishonchsiz natijalari tufayli sifatning yomonlashuvini oldini olish.
  • Muqobil o'lchash laboratoriyalarida o'lchov vositalarini davlat kiyoslovidan o'tkazish orqali moliyaviy xarajatlarni 20% ga kamaytirish.
Korxonalarning sinov tizimlarini rivojlantirish sohasidagi vazifalar:
  • ISO/IEC 17025, GMW, EDS-T, ASTM, SAE milliy va xalqaro standartlari talablariga muvofiq mahsulot sinov tizimlarini rivojlantirish.
Kutilayotgan samara:
  • Xorijiy test markazlariga qaramlikni kamaytirish uchun muqobil laboratoriyalarni qidirish orqali moliyaviy xarajatlarni kamaytirish, materiallar va mahsulotlarni sinash uchun yagona ma'lumotlar bazasini yaratish.